USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

"Besh oqshom" spektakli o'zbek sahnasida ilk bor namoyish etiladi

Nashr qilingan sana: 23 12 2017

Moskva viloyati yosh tomoshabinlar teatri jamoasi mamlakatimizga ilk bor ijodiy safar bilan keldi.


"O'zbekneftgaz” aksiyadorli jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida 23-24-dekabr kunlari tashkil etilayotgan mazkur madaniy tadbirdan ko'zlangan maqsad O'zbekiston va Rossiya teatr san`ati namoyondalarining ijodiy hamkorligini mustahkamlash, teatr san`ati ixlosmandlariga Yangi yil bayram sovg'asini tuhfa etishdan iboratdir.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrida Moskva viloyati teatr jamoasi “Besh oqshom” spektaklini namoyish etadi. Dramaturg Aleksandr Volodin pyesasi asosida sahnalashtirilgan bu sahna asari rejissori - Pavel Safonov. Har bir inson o'ziga bo'lgan ishonchini orttirish, hayot mohiyatini anglash, to'g'ri yo'ldan adashmay o'z baxtini topish g'oyalari singdirilgan asarda Nonna Grishaeva, Aleksey Rijkov kabi iqtidorli aktyorlar asosiy obrazlarni talqin etadi.

Tadbir jarayonida tashkilotchilar tomonidan yoshlar uchun aktsiya o'tkazish ham kutilmoqda, deyiladi O'zA xabarida.

Ko'rishlar soni

171