USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

«Baron-2» kinoloyixasiga start berildi

Nashr qilingan sana: 08 02 2018

6 fevralь kuni “O'zbekkino” Milliy agentligi qoshidagi Badiiy kengash aьzolarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish kun tartibidan jami 7 ta masala o'rin oldi.


Bular:

1. Rejisser Xilol Nasimovning “Yovqurlar” nomli badiiy filmi rejisserlik stsenariysi muxokamasi – filьm senariyi maqullandi;

2. Mualliflar Madina Mo'minova va Rustam Saьdievlarning “Baron-2” nomli ikki qismli badiiy filmga mo'ljallangan adabiy stsenariy loyixasi taqdimoti - filьm ishlab chiqarishga tushirildi;

3. Muallif Jasur Isxoqovning rus tilidagi “Pod nebom edinim” nomli ikki qismli xujjatli filmga mo'ljallab yozilgan stsenariysi muxokamasi – filьm ishlab chiqarishga tushirildi;

4. Rejisser G'iyos Shermuxammedovning “Navoiy anjumani” nomli xujjatli filmi rejisserlik stsenariysi muxokamasi – filьm ishlab chiqarishga tushirildi;

5. Muallif B.Madiyarovning “Mo'ynoq – do'stlik o'lkasi” nomli ikki qismli xujjatli filmga mo'ljallab yozilgan adabiy stsenariysi muxokamasi – filьm ishlab chiqarishga tushirildi;

6. Muallif Olimjon Davlatovning “Navoiy vorislari” nomli xujjatli filьm sinopsisi muxokamasi – filmni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ko'rishga ruxsat berildi;

7. Muallif S.Rustamning “Kenja botir - 2” nomli multfilmga mo'ljallab yozilgan adabiy stsenariysiningqayta ishlangan varianti muxokamasi – filьm ishlab chiqarishga tushirildi.

Badiiy kengash aьzolari ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan o'z fikr va muloxazalarini bildirdilar. Jumladan “Baron-2” filmi loyixasiga taniqli chet ellik kinoakterlarning jalb etilayotgani, filmning o'zini esa bir qator xorijiy mamlakatlar xududida tasvirga olish ko'zda tutilayotgani eьtirof etilib, ijodiy guruxga stsenariydagi ayrim kamchiliklar yuzasidan ko'rsatmalar berildi. Rejisser Rustam Saьdiev mazkur loyixa ilk “Baron” filmi kabi tomoshabinlar ko'nglidan joy olishiga va xalqaro miqyosda xam nom qozona olishiga umid bildirdi. Maьlumotlarga ko'ra, mazkur loyixa uchun Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Suriya, Qozog'iston va Tojikiston kabi davlatlardan akterlar taklif etilishi rejalashtirilmoqda.

Ko'rishlar soni

62