USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Madaniyat

 O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi.

“PROlogue” yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali saralash bosqichidan o‘tgan filmlar ro‘yxati e’lon qilindi. 

“Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan mazkur haftalikning ochilish marosimiga yengil sanoat korxonalarining vakillari, libos dizaynerlari, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, chevarlar taklif etildi.

11-noyabr kuni Yoshlar press-klubi zalida Yosh kinoijodkorlar kengashining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi muassisligida tashkil etilgan ushbu nodavlat notijorat tashkilotning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

I Toshkent xalqaro amaliy san’at festivali doirasida Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvonsaroyida navbatdagi ko‘rgazma ochildi, deb xabar beradi O‘zA.

O‘zbekiston Qahramoni,  Yozuvchilar uyushmasi raisi, Senat a’zosi Abdulla Oripovning O‘zA muxbiri bilan muloqotidan.

Orol bo‘yidagi kimsasiz ovulda bir qariya yolg‘iz yashaydi. Farzandlari allaqachon shaharlik bo‘lib ketgan, markazdan uy olib, unga ham ko‘chirib ketishmoqchi. Ota esa oyoq tiragani tiragan: bormayman! U qayiq yasash bilan band — Orol bir kun, albatta, qaytib keladi deb ishonadi. “Orolning mavjlanib turganini ko‘rib o‘lsam armonim yo‘q”, deydi doim.        

Bokuda bo‘lib o‘tgan Butunjahon pazandachilik kuni doirasida O‘zbekiston milliy taomlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Andijonda “Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining jahon madaniyati tarixida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Madaniyat vazirligi tomonidan “Orol baliqlaridan 99 turli taomlar” gastronomik festivali tashkil etildi. Shuningdek, respublikada ikki kun davomida “Orol va Mo‘ynoqning qayta tiklanishi” xalqaro ekofestivali, Berdaq va Ajiniyozlarning xalqaro she’r va musiqa festivali ham bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Pages