USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Liza Kyortis, AQSh Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori:

Nashr qilingan sana: 10 11 2017

– Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz samarali bo‘ldi. AQSh va O‘zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.

AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, diniy erkinlik borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholaydi. AQSh va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat mavjud. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirishdan manfaatdormiz.

Biz O‘zbekistonning mintaqadagi davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida olib borayotgan sa’y-harakatlarini, mintaqaviy integratsiya va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish xalqaro hamjamiyat uchun ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakatdagi muammolarga siyosiy yechim topish, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli katta, deb bilamiz. Biz Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston bilan birgalikda ishlashdan manfaatdormiz. Chunki Afg‘oniston barqarorligi Markaziy Osiyo va AQSh uchun foydali, global terrorizmga qarshi kurashishning muhim qismidir.