USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Jamiyat

2018 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish oyligi hamda 18—19-mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o'tkazish rejalashtirilmoqda.

12 mart kuni kechqurun Samarqand viloyati hokimiyatida turli sabablar bilan xorijda yurgan yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish masalalariga bag'ishlangan katta yig'ilish bo'lib o'tdi.

Toshkent shaxar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig'ining topshirig'iga asosan YPX inspektorlariga daraxtlar va boshqa to'siqlar orqasida turib yashirincha xizmat olib borish qat`iyan taqiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 12 mart kuni Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, yomg'ir yog'ishi mumkin. Havo harorati kechasi +6 ... +8 daraja, kunduzi +11 ... +13 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Kecha, 9 mart kuni Maktabgacha ta`lim vazirligida Bosh vazir o'rinbosari K.Akmalov va Maktabgacha ta`lim vaziri A.Shin ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Xalqimiz orzu-havasli, to'y-hashamlarni xush ko'radi. Biroq, keyingi vaqtlarda ba`zi fuqarolar tomonidan mazkur tadbirlarni o'tkazishda ortiqcha sarf-xarajatlar qilish holatlari tobora ko'payib bormoqda, deb yozadi O'zA saytida Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla Turmatov.

O'zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirovning o'g'li Alisherbek Qodirov O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berildi. IIV rasmiy saytida bu borada tegishli ma`lumot e`lon qilindi.

To'ylar xalqimizning uzoq asrlik an`analari, urf-odat va udumlarini o'zida mujassam etganki, uni ma`naviy meros sifatida qadrlaymiz. Chunki, milliy to'ylarimiz shunga munosib. Biroq so'nggi yillarda hayotga engil qaraydigan ayrim ota-onalar istagi, balog'at yoshidagi bo'lajak kelin-kuyovlarning tizginsiz xohish-irodasi tufayli barqarorlashgan go'zal an`analar va xalqchil urf-odatlarga putur eta boshladi. Bu illat kundan-kun kuchayib, milliy qadriyatlarga yot, yosh avlod axloqi, tarbiyasiga zid o'ta zararli udumlar ommaviy tus ola bordi.

O'zbekistonda turizmni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xususan, mamlakatda ichki turizm istiqbollari haqida gapirganda, bir qator amaliy sa`y-harakatlarni, yaxshi natijalarni sanash mumkin. Ulardan biri rasmiy bayramlarda dam olish kunlari muddati uzayganida namoyon bo'ladi. 

Pages