USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi PF-5289-sonli farmoniga binoan yana 95 shaxsning arizasi qanoatlantirilib, ular O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Mustaqil O'zbekistonning fuqarosi bo'lish – yuksak sharaf va ulkan mas`uliyatdir.

2018 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, pensiyani to'liq hajmda oladilar. Bu O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish to'g'risida»gi qarori bilan belgilab berildi. Qaror 29 dekabrь kuni imzolandi.

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o'rganish markazi, an`anaga ko'ra, yakunlanayotgan yil yakunlari bo'yicha odamlarning ijtimoiy kayfiyatini o'rganish maqsadida mamlakatimiz aholisi o'rtasida so'rov o'tkazdi. 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu bayram tadbiriga poytaxtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, maxsus maktab-internatlar o'quvchilari, kam ta`minlangan oilalar, yurtimiz tinchligi va barqarorligini asrash yo'lida halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, turli muvaffaqiyatlarga erishib tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan bolalar taklif etildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 28 dekabrь kuni 2018 yilda dam olish kunlarini tartibga solishga oid PF-5290-sonli Farmonini imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Adliya vazirligi tomonidan “O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining «Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta`minlash to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev shahardagi ta`lim muassasalarini nojo'ya so'zlar bilan haqoratlagani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Transport vositalarini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaror qabul qilindi.

Pages