USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Jamiyat

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, yong‘inlarda halok bo‘layotganlarning salkam 80 foizi chekish oqibatida nobud bo‘lmoqda. O‘tkazilgan tahlillar natijasida yong‘inlarda insonlar halok bo‘lishining asosiy sabablaridan biri o‘rinda yotgan holda chekish ekanligi aniqlandi.

Bugun har bir xonadonda turli xildagi maishiy elektr moslamalarini uchratish mumkin. Bu o‘z navbatida energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Chunki har qanday mamlakatning barqaror rivojlanishida energiya resurslari hal qiluvchi omilga ega. Ya’ni biror  turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda energiya sarf qilinadi, shu bilan birga, har birlik miqdordagi mahsulotning tannarxi ham bevosita issiqlik va elektr energiyasi iste’moliga bog‘liq bo‘ladi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining joriy yil 30-oktabr kunidagi buyrug‘iga muvofiq Fotih Xamidovich Jalolov “O'zbekfilm” AJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb xabar beradi agentlikning matbuot xizmati.

7-noyabr kuni soat taxminan 13:50dan 14:40ga qadar internet tarmog‘i ishlamadi.

10-noyabrdan boshlab poytaxtimizda joylashgan ijtimoiy binolarda isitish tizimi ishga tushiriladi. Xonadonlar esa 12-noyabrdan e’tiboran isitiladi.

Haydovchilar, ayniqsa, kirakashlarning ko‘proq nimadan norozi ekanligini bilasizmi? Doimiy tirbandlig-u, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning balandligidan. Chindan ham, ko‘chalarimizda transport oqimi kengaygani sari yo‘llar torayib borayotgandek. Ushbu “torayish”ning sababchilari ham aslida haydovchilarning o‘zlari.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyati musiqali drama teatrida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida Jizzax shahrida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasini barpo etish va haykalini o‘rnatish belgilangan edi. Qisqa vaqtda shahar markazida mazkur majmua va haykal bunyod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2010-yil 19-noyabrdagi Huquqiy himoya va intellektual mulkni himoya qilish sohasida hamkorlik va huquqiy himoya hamda intellektual mulkni himoya qilish masalalari bo‘yicha Davlatlararo kengash yaratish haqidagi kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnomani tasdiqladi.

Pages