USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Jamiyat

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati bog‘cha hududida avtoturargoh qurilishini to‘xtatdi, deyiladi ma’muriyatning feysbukdagi rasmiy sahifasida.

Samarqand xalqaro aeroporti bojxona posti xodimlarining professional qiziqish va shubhasini 2017-yil 1-sentabrda “Sheremetevo-Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan yo‘lovchining xatti-harakatlari o‘ziga tortdi.

Agar gapga to‘n kiydirib gapiruvchilar musobaqasi bo‘lsa, Boss hoji, shubhasiz, birinchi o‘rinni egallardi. Agar tanish-u notanish, erkag-u ayol, keksayu yosh – hamma-hammadan yordam-u maslahatini ayamaydigan, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan charchamaydigan kayvonilarning respublika tanlovi o‘tkazilganida bosh sovrin Boss hojining xurjunidan joy olardi!

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan ko‘p miqdordagi qimmatbaho telefonlarni bojxona nazoratidan chetlab olib kirishga uringan kimsalar haqida avval ham xabar berilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay poytaxt aeroporti bojxonachilari xodimlari yana xuddi shunday bojxona qoidabuzarligini fosh etishdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zladi. Prezidentimiz “Bugungi sessiya tashkiliy masala bilan birga, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, bu yo‘lda erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari, kelgusi ikki yilda oldimizda turgan asosiy vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan”ligini ta’kidlab o‘tdi.

Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh kotibi Vladimir Kuvshinov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri vitse-gubernatorlari O.Markov va A.Mityanina boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri delegatsiyasi bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining shu yil 22-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017-2018-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash borasida “Buxorgaz” korxonasi ma’lumotlarida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilganligi qayd etilgan.

 

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek, viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati tarkibidagi shaharlar soni 7ta, tumanlar soni esa 15 taga yetdi.

Pages