USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yotgan holda chekish yong‘inda halok bo‘lishining asosiy sabablaridan biri

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, yong‘inlarda halok bo‘layotganlarning salkam 80 foizi chekish oqibatida nobud bo‘lmoqda. O‘tkazilgan tahlillar natijasida yong‘inlarda insonlar halok bo‘lishining asosiy sabablaridan biri o‘rinda yotgan holda chekish ekanligi aniqlandi.

Yong‘inlarda halok bo‘layotganlarning 77 foizdan ziyodi shu sababga ko‘ra nobud bo‘lmoqda. Cho‘g‘lanib yonayotgan sigaretning birlamchi maksimal harorati 310-320 daraja, so‘ng harorati 240-260 darajagacha pasayadi va tutash vaqti 26-30 daqiqani tashkil qiladi.

Sigareta qoldig‘i yonuvchan materiallar, masalan, ko‘rpacha, yostiq va boshqa yotoq to‘shamalariga tutashib, cho‘g‘lanishiga olib keladi.

Bunday holatlar sigaret qoldig‘i somon yoki o‘t-xashakka tushsa ham yuzaga keladi. Shu sababli amalda o‘chirilmagan sigareta qoldig‘idan sodir bo‘layotgan yong‘inlar ko‘plab uchraydi.

Ko'rishlar soni

123