USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yoshlar siyosati sohasida davra suhbati o‘tkazildi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahri delegatsiyasi bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Sankt-Peterburg yoshlar siyosati va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Renata Abdulina ishtirok etdi.

Yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan davra suhbatida Sankt-Peterburg shahri delegatsiyasining tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar, davra suhbatlari ikki tomonlama munosabatlarni va do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirib, mamlakatimizning yoshlar siyosatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida uyushmagan yoshlar bilan ishlash, iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga imkoniyatlar yaratish, tizimda boshqaruvni tashkil etish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan fotoko‘rgazma, «Harakatlar strategiyasi» axborot-tahlil markazida yoshlar parlamenti modeli bilan tanishdi.

Ko'rishlar soni

93