USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasining to'lovi qancha?

Nashr qilingan sana: 19 10 2017

Joriy yilning 1-oktabridan boshlab xalqaro standartlar asosida tayyorlangan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma berilishi belgilangan edi.

Adliya vazirligi saytida ushbu guvohnomalar uchun to'lov stavkalari davlat ro'yxatidan o'tkazilgani hamda uning miqdori e'lon qilindi. Hujjatlarni xalqaro standartlar asosida plastikdan tayyorlash xarajatlari hisobga olingan holda avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomani olish uchun eng kam ish haqining 70 foizi (104 842 so'm 50 tiyin), haydovchilik guvohnomasini olish uchun ham xuddi shunday miqdorda (104 842 so'm 50 tiyin) to'lov qilinishi belgilangan.

Yangi namunadagi guvohnomalar maxsus himoya vositalariga hamda ma'lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgilarga (NFS-Smart kart) ega bo'lib, shaxsiy idenfikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxslar uchun esa soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR) saqlanadi. Ushbu guvohnomalar 10 yil muddatga beriladi.

Eslatib o'tamiz,  amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish joriy yil 1-oktabrdan 2018-yilning 31-dekabr davrida ixtiyoriy, 2019-yil 1-yanvar - 2020-yil 31-dekabr davrida esa majburiy tartibda amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasi ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017-2020-yillar mobaynida bosqichma-bosqich - avtomototransport vositasini majburiy texnik ko'rikdan o'tkazishda amalga oshiriladi.

Ko'rishlar soni

423