USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Xorijiy mamlakatlardagi O'zbekiston yoshlariga ko'maklashuvchi tashkilot tashkil qilindi

Nashr qilingan sana: 27 12 2017

Adliya vazirligi tomonidan “O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.


“O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi”ning asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan va xorijiy mamlakatlarda o'qiyotgan hamda mehnat qilayotgan yoshlar bilan ish olib borish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish orqali jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish hisoblanadi.

Muassasa Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 11-uyda joylashgan.

Ko'rishlar soni

122