USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Toshkent viloyati tarkibidagi shaharlar soni 7ta, tumanlar soni 15 taga yetdi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Joriy yilning 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek, viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati tarkibidagi shaharlar soni 7ta, tumanlar soni esa 15 taga yetdi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati tarkibida Toshkent tumani, shuningdek, viloyatga bo‘ysunuvchi Yangiyo‘l, Ohangaron va Nurafshon shahar hokimliklarini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Ushbu komissiya raisi etib O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.Ramatov tayinlandi. Komissiyaga bu boradagi zaruriy texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash vazifasi yuklandi.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat maslahatchisi U.Ismailov hamda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi G‘.Ibragimov zimmasiga yuklandi.

Ko'rishlar soni

154