USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishidagi kamchiliklar uchun mansabdor shaxslarga hayfsan e’lon qildi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Ko‘p qavatli uylarni qurishda yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar aniqlandi, deb xabar beradi Sputnik nashri.

O‘tkazilgan monitoring natijasida 3 asosiy nuqson: shahar rejalashtirish norma va qoidalarining buzilishi, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilganligi va loyihadan chetga chiqish kabilar sanab o‘tilgan.

Bundan tashqari, Nukus, Andijon, Buxoro, Termiz, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod hududlaridagi qurilishlarda sirtqi injenerlik va kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma va obodonlashtirish ishlari paysalga solingan. 41ta ko‘p qavatli uylarda, ya’ni Toshkent (24ta), Nukus (7), Buxoro (6) va Urganch (4) hududlarida jadvaldan ortda qolish holatlari kuzatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu vaziyatlar uchun qator mansabdor shaxslarga nisbatan hayfsan e’lon qildi. Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov va Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovga ko‘p qavatli uylarni qurish dasturiga yetarlicha nazoratni ta’minlamaganligi sabab jadvaldan chiqish holatlari kuzatilgani va vaziyatni to‘g‘rilash yuzasidan topshiriqlar berdi. 

"Uzshahar qurilish invest" direktori Narzullayevga yuqoridagi holatlar sabab hayfsan e'lon qilindi. Shuningdek, loyiha hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shahar rejalashtirish qoidalariga amal qilinmagani va sifatsiz qurilish-montaj ishlari uchun Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi rahbari, bosh loyiha institutlari boshliqlari ham ogohlantirildi.

 

Ko'rishlar soni

496