USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

Kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyati musiqali drama teatrida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi va konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. 

Unda senator va deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi-shoirlar, san’at va madaniyat namoyandalari, adibning avlodlari, faxriylar, yoshlar, adabiyot ixlosmandlari qatnashdi. 

Adibning 100 yillik yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xotira kechasi konsertida yurtimiz san’at ustalari tomonidan milliy ashula va raqslar, jahon san’atining eng sara asarlaridan namunalar ijro etildi. 

Sahna ortidagi ulkan monitorda donishmand insonning bolalik va yoshlik davrlari, uni voyaga yetkazgan ota-onasi siymolari, Sharof Rashidovning ona Vatanimiz, xalqimiz g‘ururini ko‘tarish, yurtimizni obod etish yo‘lida butun borlig‘ini tikib olib borgan hayoti, Prezidentimiz rahnamoligida ardoqli adib nomini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bugungi dorilomon hayotimiz aks ettirilgan lavhalar namoyish etildi.  

Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda. 

Ko'rishlar soni

236