USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Samarqandda yangi jamg'arma tashkil etiladi

Nashr qilingan sana: 19 03 2018

Samarqand viloyatida yangi  jamg'arma tashkil etiladi. O'zbekiston Adliya vazirligining Huquqiy axborot  kanali shunday xabar berdi.


Prezidentning Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg'armasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida yangi tashkilotning huquq  va vazifalari belgilab berilgan.

Tashkil etilgan mazkur jamg'armaning shakllantirish manbalari sifatida Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar ko'rsatilgan.

Jamg'arma mablag'lari, jumladan:

 viloyatda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va mahalliy ichki yo'llarni ta`mirlash;

ko'p qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta`mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

kam ta`minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlang'ich badalni qisman yoki to'liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo'lgan birlamchi ehtiyojni qondirish maqsadlarida ishlatiladi.

Ko'rishlar soni

161