USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Samarqandda ixtiyoriy-majburiy mehnatga jalb qilingan 23 yoshli o'qituvchi halok bo'ldi

Nashr qilingan sana: 17 03 2018

14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida ko'cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli Diana Inikovani katta yo'ldagi to'siqlarni oqlash chog'ida yuk mashinasi urib ketgan. O'qituvchini zudlik bilan shifoxonaga olib borishlariga qaramay joni uzilgani xabar qilinmoqda.


Kecha, 15 mart kuni Diana Inikova dafn qilingan. Ma`lumotlarga qaraganda, marhuma endigina oliy o'quv yurtini tamomlab, maktabda mehnat ta`limi fanidan dars bera boshlagan bo'lgan.

Eng qizig'i, shundan keyin ham hududda yo'ldagi tozalash ishlari to'xtatilmagan, o'qituvchilar ishlashda davom etmoqdalar. «Xabar.uz» ayni paytda voqeani o'rganyapti. Tez orada mavzuga doir tahliliy maqola taqdim etamiz.

Eslatib o'tamiz, Xalq ta`limi vaziri Ulug'bek Inoyatov «O'qituvchilarning jamoat ishlariga chiqishi majburiy emas, ixtiyoriy» deya bayonot bergandi.

Ko'rishlar soni

240