USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Rossiya harbiy delegatsiyasi O'zbekistonda

Nashr qilingan sana: 07 02 2018

 

Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlar Bosh shtabi jangovar tayyorgarlik bosh boshqarmasi boshlig'i general-leytenant Ivan Buvalьtsev boshchiligidagi harbiy delegatsiya mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligining matbuot xizmati. 


Xabarda qayd etilishicha, O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga asosan amalga oshirilgan tashrif davomida tegishli masalalar muhokama qilingan. Shuningdek,  delegatsiya  vakillari O'zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida bo'lib, kadrlar tayyorlash jarayoni, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

I. Buvalьtsevning Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tajribasi haqida akademiyada qilgan ma`ruzasi barcha harbiy okrug qo'shinlariga onlayn tarzida uzatildi. 
 

Ko'rishlar soni

99