USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Prezident qarori: ishlayotgan pensioner shifokorlar pensiyani to'liq hajmda oladi

Nashr qilingan sana: 30 12 2017

2018 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, pensiyani to'liq hajmda oladilar. Bu O'zbekiston Respublikasi prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish to'g'risida»gi qarori bilan belgilab berildi. Qaror 29 dekabrь kuni imzolandi.


Qaror sog'liqni saqlash tizimining xususiy sektorini yanada rivojlantirishni rag'batlantirish, tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish, xususiy tibbiyotga investitsiyalarni jalb qilish maqsadida imzolandi.

Hujjat bilan Sog'liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining tadbirkorlik sub`ektlariga davlat-xususiy sherikchilik asosida davlat tibbiyot muassasalarining funktsiyalarini quyidagilar bo'yicha berish haqidagi taklifi ma`qullandi: 

qo'shimcha bo'linmalar faoliyatini ta`minlash (oziq-ovqat bloklari, kir yuvish joylari va boshqalar);

Sog'liqni saqlash vazirligi bilan ro'yxati aniqlanuvchi alohida tibbiy xizmatlarni ko'rsatish.

Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiyot markazlari va oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda “AKFA MEDLINE” MChJ xususiy klinikasi negizida xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish va mahalliy tibbiyot kadrlari malakasini oshirish Markazini tashkil etish ko'zda tutilmoqda. Kun.uz tarqatgan xabarda aytilishicha, qarorga muvofiq, Koreya Respublikasining ilg'or klinikalari va tibbiyot markazlarining diagnostika, davolash, servis va menejment masalalari bo'yicha tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha tajribasini o'rganish va mamlakat tibbiyotiga joriy etish uchun ular bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi. 
 
Bundan tashqari, 2018 yilning 1 yanvaridan tibbiy muassasalarning pensioner shifokorlari, mulkchilik shaklidan qat`i nazar, pensiya to'liq hajmda oladi.

Ko'rishlar soni

78