USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Pravda Vostoka” rahbariyati Pokiston delegatsiyasi bilan uchrashdi

Nashr qilingan sana: 13 11 2017

Hukumat gazetasi bo‘lgan “Pravda Vostoka” tahririyatida Pokiston Islom Respublikasi hukumat va tadqiqot doiralari vakillari hamda yirik OAV rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv Butunpokiston bosma nashrlari jamiyati delegatsiyasining yurtimizga “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish maqsadidagi tashrifi doirasida o‘tkazildi.

Delegatsiya Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi direktori Xolid Temur Akrom, jamiyat vitse-prezidentlari, mamlakatning mahalliy va milliy bosma nashrlari bosh muharrirlari, Pokiston hukumati matbuot kotibi va boshqalardan tarkib topgan.

“Pravda Vostoka” gazetasi bosh muharriri Abbosxon Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni yoritishda tahririyatning faoliyati haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi kelgusidagi ehtimoliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ko'rishlar soni

144