USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Poytaxtning 8 tumani bo'ylab metro quriladi

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

Toshkentda halqali elektrichka o'rniga estakada tipidagi yer usti metrosi qurilishi haqida xabar berildi.  O'zbekiston Prezidentining may oyida Toshkent shahri bo'ylab elektrlashtirilgan tezyurar temir yo'l qurilishi haqidagi taklifi loyihasi qayta ko'rib chiqildi, deb xabar beradi "O'zbekiston temir yo'llari" aksionerlik jamiyatining sayti.


Davlat rahbarining qurilish davomida ko'plab obyektlarning buzilishini oldini olish haqidagi ko'rsatmasi va xorijlik mutaxassislarning o'rganib chiqishlari natijasida temir yo'l qurilishi to'xtatilgan. Xabarda ayrilishicha, eng maqbul yo'l estakada tipidagi metroning qurilishir. Bunda shahardagi ishlab chiqarish korxonalari binolarining maksimal darajada saqlanib qolinishiga erishiladi.

"Boshtransloyiha" AJ ishlab chiqqan loyihaga asosan yangi yo'nalishning uzunligi 52.1 km.ni tashkil etadi. Ushbu yo'nalish metropolitenning hozirda mavjud bo'lgan, qurilayotgan hamda qurilishi rejalashtirilgan yo'nalishlari bilan kesishadi. Yer osti metrosining taxminiy bekatlari soni 35tani tashkil etadi.

Qurilish muddati esa tayyorgarlik vaqtlari bilan birga 4 yil (2017-2021) bo'lib, loyihaning taxminiy bahosi 422.3 mln AQSh dollariga teng.

Metropolitenning loyihalashtirilayotgan halqa yo'nalishi Yashnabod, Yakkasaroy, Uchtepa, Shayhontoxur, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari orqali o'tadi.

"O'zbekiston temir yo'llari" poytaxt metropolitenining Sergeli va Yunusobod yo'nalishlari qurilishi jadal suratlarda davom etishini ham aytib o'tgan.

Sergeli tarmog'ining yer usti qismiga estakadalar o'rnatilmoqda. Umumiy hisobda 692 ta tirgak o'rnatiladi. Obyekt qurilishida ikki guruhga bo'lingan holda yuzdan ortiq ishchi va 25dan ziyod qurilish texnikalari ishlamoqda.

Yunusobod yo'nalishida esa "Yunusobod" va "Turkiston" bekatlari orasida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Tunnel qurilishi ochiq usulda boshlangan bo'lib, 90 nafar quruvchi va 18ta mashina va mexanizmlar ish olib bormoqda.  

Shuningdek, "Do'stlik"-"Qo'yliq" yo'nalishi qurilishiga ham tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Ko'rishlar soni

334