USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Poytaxtdagi kadrlar viloyatlarga o‘z xohishlariga ko‘ra yuborilgan

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

Sog‘liqni saqlash vazirligi poytaxtda joylashgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining mutaxassislarini xududlarga ikki yil ishlashga yuborishini e’lon qildi. Tumanlarga borib ishlashni xohlovchi mutaxassislar uchun rahbarlik lavozimi taklif etilmoqda.


Bu qanday asosga ko‘ra amalga oshirilayotganiga sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova tushuntirish berdi:

- Viloyatlardagi tibbiyot muassasalari malakali kadrlar bilan ta’minlanishi uchun respublika tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislardan 136 nafari suhbat asosida tanlab olindi. Ular viloyat tibbiyot maskanlariga rahbar sifatida yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 avgustda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qabul qilingan 8-sonli protokolda ularning to‘liq ro‘yxati tasdiqlangan. Tanlangan har bir mutaxassis hududlarda rahbar lavozimida ishlash istagini bildirganini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra yuborilgan.

Ko'rishlar soni

88