USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Piyodalar uchun jarima ko‘zda tutilganmi?

Nashr qilingan sana: 24 10 2017

Yo‘lni piyodalar uchun belgilanmagan qismidan kesib o‘tganlik uchun piyodalarga qanday jarima qo‘llaniladi? Kameralar ushbu holatni qayd etadimi?

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan yo‘lning piyodalar uchun mo‘ljallanmagan qismidan kesib o‘tganlik uchun eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima belgilangan. Yo‘l harakati qoidalari piyoda tomonidan buzilishi yo‘l transport hodisasiga sabab bo‘lsa, eng kam ish haqining bir barobari miqdorida jarima belgilanadi.

Maxsus avtomatlashtirilgan texnik jihozlar — foto va videokameralar faqatgina avtotransport vositasining qoidabuzarligini qayd etadi. Ya’ni, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etmaydi. Piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilganligi yo‘l patrul xizmati inspektori tomonidan aniqlansa, unga shu joyning o‘zida jarima to‘lashi haqida kvitansiya beriladi. Agar fuqaro jarima to‘lashdan bosh tortsa, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuziladi.

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirov

Ko'rishlar soni

193