USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekistonda YPX postlari modernizatsiya qilinadi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida tegishli sharoitlar yaratishga qaratilgan. Unga ko‘ra, 2018-2020-yillarda YPX postlarini bosqichma-bosqich qurish, rekonstruksiya va modenrizatsiya qilish tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Ichki ishlar vazirligiga YPX postlarining optimal joylashuvini ta’minlash topshirildi. Dastur doirasida 23 postda ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. Loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi.

2018-yil apreliga kelib Namangan viloyatida “Angor” posti rekonstruksiyadan o‘tkazilishi va Toshkent viloyatida A373 avtomobil yo‘lining 134-kilometrida yangi “Beskostin” postining qurilishi rejalashtirilgan.

2019-yil yanvariga qadar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida bittadan post ochiladi, 2020-yilning yanvarigacha esa mintaqalarda to‘rttadan, Qoraqalpog‘istonda bitta post ochilishi belgilangan.

To‘rtinchi bosqichda —2021-yil yanvariga qadar oltita, beshinchi bosqichda yettita yangi post tashkil etiladi.

Ko'rishlar soni

178