USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekistonda notariuslar nodavlat idoralarga aylantiriladi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirildi.

O‘zbekiston bosqichma-bosqich o‘z-o‘zini moliyalashtirishga asoslangan nodavlat byudjetdan tashqari notariatni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Unga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab davlat notarial idoralari nodavlat idoralarga aylantirib boriladi.

O‘zbekistonda notariat institutini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari ro‘yxatida notarial faoliyatning samarali, shaffof tizimini yaratish va notariuslarni muntazam attestatsiyadan o‘tkazish tartiblarini joriy etishdan iborat.

Notariatlarni halol va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga erishish ham ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Notarial idoralarni moliyalashtirishning adolatli sharoitlarini yaratish orqali notariuslarning o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishlariga erishish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Notarial palatasini ta’sis etish va barcha notariuslarning unga majburiy ravishda a’zo bo‘lishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, nodavlat palata notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Ko'rishlar soni

107