USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasining yangi raisi saylandi

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasining navbatdagi V syezdi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sud tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalar orasidan saylangan delegatlar, sud faxriylari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Bosh prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda OAVlari vakillari ishtirok etdi.

Syezdda O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasining 2012-2017-yillardagi ish faoliyati hamda kelgusidagi vazifalari muhokama etilib, assotsiatsiya mas’ul shaxslarining hisobotlari tinglandi.

Syezdda tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasining raisi lavozimiga Mingboyev Ubaydulla Qurbonovich saylandi. Shuningdek, Markaziy kengash a’zolari va taftish komissiyasining yangi tarkibi ham saylandi.

Ushbu anjuman soha vakillariga o‘zaro fikr va tajriba almashish, sud tizimidagi mavjud muammolarni muhokama etish va mamlakatda sud-huquq islohotlarini takomillashtirish yana bir bor tahlil etib olish imkonini berdi, deyiladi O‘zbekiston Sudyalari Assotsiatsiyasining matbuot xizmati xabarida.

Ko'rishlar soni

276