USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston aholisining soni 32,5 milliondan oshdi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

2017-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, respublika doimiy aholisining soni 32 mln. 511,9 ming kishini tashkil etdi, deyiladi Davlat statistika qo‘mitasining joriy yilning 9 oyidagi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotida.

Joriy yilning yanvar–sentabr oylarida tug‘ilganlar soni 523,6 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (532,4 ming kishi) nisbatan 8,8 ming kishiga kamaydi, shunga mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil qildi.

Tug‘ilish koeffitsiyentining sezilarli kamayishi Xorazm (20,7 promilledan 19,5 promillegacha), Buxoro (20,6 dan 19,5 gacha), Farg‘ona (21,9 dan 20,8 gacha) Toshkent (20,2 dan 19,2 gacha), Qashqadaryo (24,7 dan 23,8 gacha), Namangan (23,5 dan 22,6 gacha), Andijon (22,9 dan 22,1 gacha) Navoiy (22,3 dan 21,7 gacha) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (20,7 dan 19,5 gacha) hissasiga to‘g‘ri keladi.

2017-yilning yanvar–sentabr oylarida vafot etganlar soni 116,9 ming kishini tashkil qildi va 2016-yilning shu davriga (108,9 ming kishi) nisbatan 8,0 ming kishiga ko‘paydi, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil qildi (o‘tgan yil 9 oyida – 4,6 promille bo‘lgan).

O‘lim koeffitsiyentining sezilarli o‘sishi Andijon (4,8 dan 5,3 promillegacha), Namangan (4,3 dan 4,8 ), Jizzax (3,9 dan 4,3), Surxondaryo (4,0 dan 4,4), Farg‘ona (4,5 dan 4,9), Qashqadaryo (3,8 dan 4,1 ), Navoiy (4,5 dan 4,7), Sirdaryo (4,7 dan 4,9), Xorazm (4,3 dan 4,5) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,4 dan 4,6) hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘lim darajasining eng past ko‘rsatkichi Qashqadaryo (4,1 promille), Buxoro (4,3 promille), Jizzax (4,3) va Samarqand (4,3) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Vafot etganlar umumiy sonidan 60,5 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9.2 foizi – o‘sma kasalliklaridan, 6,2 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan, 5,6 foizi – ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 4,9 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 1,7 foizi – infeksion va parazitar kasalliklaridan, 11,9 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan.        

Shuningdek, hisobotga onalar o‘limi, nikohlar va ajralishlar, migratsiya darajasi kabi ma’lumotlar kiritilgan.

Ko'rishlar soni

140