USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ob-havo ma`lumoti: havo harorati 28 darajagacha ko'tariladi

Nashr qilingan sana: 19 03 2018

O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 20 mart kuni Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +9 daraja, kunduzi +23 ... +25 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +20... +25 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +23 ... +28 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg'ona vodiysi viloyatlarida ham havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +4 ... +9 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo'lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog'li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o'zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7, kunduzi +12 ... +17, Qamchiqda kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo'ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +20 ... +25 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Ko'rishlar soni

168