USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligining maqolamizga javobi

Nashr qilingan sana: 03 11 2017

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi “Pravda Vostoka Online” veb-nashrida chop etilgan “Bu kimning tajovuzi?” maqolasiga o‘z munosabatini bildirdi. Materialimizda tumandagi 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududida avtoturargoh qurilishi boshlangani haqida so‘z borgan edi. Hokimlikning javobi uning feysbuk tarmog‘idagi rasmiy profilidan nashrimiz  sahifasiga yo‘llangan. Ushbu matnni rus tilidan tarjima qilgan holda taqdim etamiz.

“Qadrli do‘stlar!

Ruxsatingiz bilan “Pravda Vostoka Online” va “Kommersant.uz” internet-nashrlarida chop etilgan maqolani izohlashni istar edik.

Sizga ma’lumki, bugungi kunda shahar bo‘ylab yopiq turdagi garajlarni buzib, ularning o‘rnida ochiq turdagi zamonaviy avtoturar maydonlarni qurish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil (Tahririyat tuzatishi: 2016-yil) 12-dekabrdagi “2017-2019-yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-sonli qaroriga asosan Mirzo Ulug‘bek tumanini ko‘rkamlashtirish maqsadida bu ko‘rinishdagi ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, T.Malik ko‘chasida joylashgan yopiq turdagi garajlarni buzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Buzishdan avval garajlarning egalari — ushbu uylar aholisi uchun 46, 48, 49, 38 va 44-uylar yaqinida ikkita avtoturargoh qurish rejalashtirilgan.

Ushbu avtoturargohdan garajlari buzilgan, avtotransport vositalari bo‘lgan aholi uchun BEPUL to‘xtash joyi beriladi.

Avtoturar maydoni 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan emas, shahar qurilish me’yorlariga ko‘ra, avtoturargohdan bog‘chagacha bo‘lgan masofa 15 metrdan kam bo‘lmasligini hisobga olgan holda uning yonidan qurilishi tashkil qilinayotganiga e’tiboringizni qaratamiz.

Shuningdek, ushbu post avtoturarjoy muammosini: avtoturargohning turarjoylariga yaqinligi, hovli va yo‘laklarda tabiiy turargohlar, ushbu sohadagi tizimli planlashtirishning yo‘qligi kabilarni ta’kidlashni istardik.

Shuningdek, ushbu maydon sabab hurmatli ekspertlardan iltimos qilgan bo‘lar edikki, muammoni chuqur o‘rganmasdan turib tanqid qilish to‘g‘ri emas.

Dastlab garajlari buzilganlar uchun so‘zda va qog‘ozda emas, amalda tovon haqini berish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shusiz ham biz ularga ko‘p noqulaylik va umidsizlik keltirdik.

Biz mavjud muammolardan aslo ko‘z yummaymiz, balki ochiq tanqid va hamkorlikdagi yechimga tayyormiz. Ushbu aniq holat — 256- garaj xo‘jaliklari o‘rnida ko‘p o‘rinli avtoturargoh qurish rejasi yuzasidan hozirgi kunda investor izlayapmiz.

Har qanday holatda ham aholi bilan faol muloqotga doim tayyormiz.

Bolalar bog‘chasi yuzasidan shuni ta’kidlaymizki, o‘tgan yili Mirzo Ulug‘bek tumanida bolalar bog‘chasini yopish haqida birorta ham qaror qabul qilingani yo‘q. Bolalar bog‘chasining to‘rttasi foydalanishga topshirildi va uchtasida qurilish ishlari davom etmoqda.

 Ushbu izohga surat ilova qilinadi.”

Tahririyat izohi.

Hokimlik mas’ul xodimi Alisher Suleymanov yuqorida keltirilgan matn Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligining rasmiy javobi ekanligini tasdiqladi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi qurayotgan avtoturargohning bir qismi 232- bolalar bog‘chasi hududida joylashgan. Muxbirimiz yana bir bor ushbu manzilda bo‘lib, bog‘chaning kadastr hujjatlari bilan tanishdi. Ushbu kadastr 2007-yilda tuzilganligi rost. Demak, avtoturarjoy uchun tortib olinayotgan yer bolalar bog‘chasiga tegishli.

Muammoni chuqur o‘rganmasdan turib tanqid qilish” borasida esa muxbir emas, hokimlik vakillari o‘ylab ko‘rishsa adolatdan bo‘lardi. 

Ko'rishlar soni

717