USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Mehnat daftarchalarining kuni bitdimi?

Nashr qilingan sana: 01 11 2017

“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga joylashtirildi. Unda elektron mehnat daftarchasi tushunchasiga ham izoh berilgan.

Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, xodimlarning elektron mehnat daftarchasi belgilangan tartib-qoidalarga asosan ish beruvchi tomonidan beriladi va ish staji haqidagi ma’lumotnomalar bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi. Xodim istalgan vaqtda belgilangan tartib-qoidaga asosan davlat soliq inspeksiyasi organlaridan ushbu elektron mehnat daftarchasining qog‘ozga chiqarilgan nusxasini olish huquqiga ega.

Ish faoliyatini endi boshlayotgan xodimlar uchun qog‘oz ko‘rinishidagi mehnat daftarchalarini berish 2019-yil 1-yanvardan boshlab to‘xtatiladi. Avval berilgan mehnat daftarchalari 2021-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Ko'rishlar soni

324