USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Madaniyat vazirligi va Yoshlar ittifoqi o‘rtasida memorandum imzolandi

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

27-oktabr kuni Madaniyat vazirligi va Yoshlar ittifoqi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash hamda ittifoqning vazirlikdagi yetakchilar kengashini saylash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati.

Memorandumga ko‘ra, har ikkala tashkilot bugungi kunda mustaqil fikrli, intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda, avvalo, ularning ma’naviyatini shakllantirish masalasida yaqindan hamkorlik qiladi.

Kun tartibiga qo‘yilgan Yoshlar ittifoqining vazirlikdagi yetakchilar kengashini saylash marosimi ham o‘tkazildi. Kengash a’zoligiga ittifoqning ikki yo‘nalishi bo‘yicha iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi Shahboz Eshnazarov hamda yig‘ma axborot-tahlil boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Anvar Jumaniyozovlar saylandi.

Ittifoqning vazirlikdagi yetakchilar kengashi raisligiga teatrlar va konsert tomosha muassasalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ozodjon Yuldashev va ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Uzakov nomzodlari taklif qilinib, ishtirokchilarning 80 foiz ovozi bilan ijodkor yoshlar bilan ishlash boshqarma boshlig‘i Jamoliddin Uzakov saylandi va unga bevosita madaniyat vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha vazir o‘rinbosari maqomi berildi.

Ko'rishlar soni

276