USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ko‘chaning egasi bormi-2

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Haydovchilar, ayniqsa, kirakashlarning ko‘proq nimadan norozi ekanligini bilasizmi? Doimiy tirbandlig-u, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning balandligidan. Chindan ham, ko‘chalarimizda transport oqimi kengaygani sari yo‘llar torayib borayotgandek. Ushbu “torayish”ning sababchilari ham aslida haydovchilarning o‘zlari.

Ko‘cha-ko‘yga mashinalarning qatorma-qator tashlab ketilishi odatiy holga aylanib qoldi. Hatto, “to‘xtash mumkin emas” belgisi osti ham mashinalarga qalashib ketmoqdaki, avtoinspektorlarning holi tang: jarima solay desa, qoidabuzarlar bir-ikki kishi emas, ko‘p. Indamay qo‘ya qolay desa, yo‘laklardan yurib bo‘lmaydi

Shahzod Tohirov.

Rashid Galiyev olgan suratlar.

Ko'rishlar soni

252