USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ko‘chaning egasi bormi?

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

O‘zaro izzat-hurmat, e’tibor qaror topgan jamiyatda totuvlig-u taraqqiyot sari muttasil qadamlar qo‘yaverish qadimdan ma’lum. Bir inson o‘z haq-huquqlari va erkinligini talab qilgan joyda ikkinchisining manfaatlariga ozor yetmasligi kerak. Buni esa umum qabul qilgan qonun-qoidalarga barcha fuqarolar amal qilgandagina ta’minlash mumkin.

Quyidagi suratga e’tibor bering. Asabiy bir manzara. To‘g‘rimi? Bunday holatlarga o‘rganib ketganimizga ancha bo‘lgan. Avtotransport egalari o‘z ulovini to‘g‘ri kelgan joyda qo‘yib ketaveradi. Videokamera va yo‘l harakati xavfsizligi inspektorlari e’tiboridan chekkaroq va panaroqda bo‘lsa bas. “Oti”ni to‘rt qadam naridagi avtoturargohga qantarish xayoliga ham kelmaydi.

Qarabsizki, asabbuzarlik boshlanadi. Piyodalar uchun ajratilgan yo‘lak to‘siqlar – mashinalar osha yugurish maydonchasiga aylanadi. Betartib qo‘yilgan avtomobillar oralab o‘tguningizcha tepa sochingiz tikka bo‘ladi. Yo‘qsa, serqatnov ko‘chaning bir chetiga tiqilasiz. Eson-omon o‘tib olsangiz – xo‘sh-xo‘sh. Xudo ko‘rsatmasin-u, boshqa birorta betartib haydovchi “turtib” ketsa-chi? Unda bu ko‘rgulik – avariya uchun kim javob beradi? Haydovchimi? Piyodami? Yo avtoinspektor? Umuman, ko‘chaning egasi bormi o‘zi?

Aslida, hech kimga ham oson tutib bo‘lmaydi. Shahar-qishloqlarimiz ko‘chalari va yirik savdo markazlari hududlaridagi avtoturarjoylar uchun ajratilgan maydonchalar bugun juda kamligi va egasizligi yaqqol sezilib qoldi. Aholi va avtotransport soni yildan yilga oshib, xalqimizning farovonligi tobora yuksalayotgan ekan, bu muammo ham mahalliy idoralarning nazaridan chetda qolmasligi lozim.

Ammo, asabbuzarliklar qachongacha davom etadi?

Shahzod Tohirov.

Rashid Galiyev olgan surat.

Rasmda: Oloy bozori yonidagi avtorurargoh bo‘m-bo‘sh, ammo shusiz ham unchalik keng bo‘lmagan Amir Temur 1-tor ko‘chasining yo‘l cheti mashinalar bilan liq-to‘la.

Ko'rishlar soni

277