USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya haykali ochildi

Nashr qilingan sana: 04 11 2017

Jizzax shahrida atoqli shoir Hamid Olimjon va uning rafiqasi — shoira Zulfiya haykali ochildi, deyiladi O‘zA xabarida.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, yozuvchi-shoirlar, Hamid Olimjon va Zulfiya avlodlari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etdi.

Qisqa fursatda bunyod etilgan Hamid Olimjon va Zulfiya xiyoboni badiiy falsafa aks etgan bo‘lib, unga tutash maydonda bu ikki ardoqli ijodkor muzeyi, o‘zbek tili va adabiyotini chuqur o‘qitishga ixtitsoslashgan maktab-internati joylashgan. Ushbu maktab-internat ham Hamid Olimjon va Zulfiya nomida bo‘lib, bolalar kutubxonasi ham bunyod etilmoqda.

Tadbir ishtirokchilari mazkur muzey va maktab-internat faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Ko'rishlar soni

225