USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy sayti ishga tushirildi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy sayti ishga tushirildi.

Saytga “islamkarimov.uz” va “islomkarimov.uz” manzillari orqali kirish mumkin, deb xabar beradi O‘zA. Sayt “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy qilish markazi mutaxassislari ko‘magida ishlab chiqilgan.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yurituvchi ushbu saytda Islom Karimovning hayoti va faoliyati, shuningdek, asarlari hamda yodgorlik majmuasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Mediatekada foto va videomateriallar bo‘lib, virtual tur yordamida Islom Karimov haykali atrofini tomosha qilish mumkin.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda ishlaydi.

Ko'rishlar soni

330