USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Hamma narsa inson manfaatlari uchun”

Nashr qilingan sana: 10 11 2017

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida nutq so‘zladi. Prezidentimiz “Bugungi sessiya tashkiliy masala bilan birga, Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, bu yo‘lda erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari, kelgusi ikki yilda oldimizda turgan asosiy vazifalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan”ligini ta’kidlab o‘tdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar “Hamma narsa inson manfaatlari uchun” degan ezgu maqsadga qaratilganligi, ushbu maqsad yo‘lida xalq bilan muloqot qilib, odamlarning hayotiy muammolarini hal etish barcha uchun asosiy faoliyat mezoniga aylanib borayotgani amalda o‘zining ijobiy natijasini berayotgani aytib o‘tildi. Amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirganda Prezidentimiz quyidagilarni sanab o‘tdi: “…Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar va investitsiya loyihalari ham aynan ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan e’tiborlidir.

Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasini oladigan bo‘lsak, umumiy qiymati 1 trillion 800 milliard so‘mlik 321 ta yirik loyihani amalga oshirish boshlandi.

O‘tgan davrda viloyatda 24 ta yirik korxona ishga tushirildi. Xususan, Samarqand shahrida yiliga 8 million dona dori vositalari ishlab chiqaradigan korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jomboy tumanida 300 gektar yong‘oqzor barpo etildi. Samarqand tumanida 1 millionta parranda boqiladigan xo‘jalik tashkil etildi. Yil oxiriga qadar yana 20 ta yirik korxona ishga tushiriladi”.

Ko'rishlar soni

133