USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

FVVda FMXT bosh kotibi bilan uchrashuv o‘rkazildi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh kotibi Vladimir Kuvshinov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish hamda taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Kuvshinov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida, 8-noyabr kuni favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev Vladimir Kuvshinov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti o‘rtasida 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik rejasi” istiqbollari muhokama etildi, deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

Ko'rishlar soni

179