USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Fuqarolar Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishini baholadi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

Joriy yilning avgust-sentabr oylari davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan aholi o‘rtasida “Harakatlar strategiyasi: sarhisob va istiqboldagi qadamlar” jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazildi.

Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijalari haqida aholi va jamoatchilikni keng xabardor qilish va 2017- yilda mamlakatni rivojlantirish yakunlarini sarhisob qilish hamda 2018-yilda navbatdagi islohotlarni rejalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada respublikamizning barcha hududlaridan 17 yoshdan katta bo‘lgan 6238 nafar fuqaro ishtirok etdi.

So‘rovnoma korxona va tashkilotlar, vazirlik, idoralar, oliy o‘quv yurtlari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida tarqatilib, aholining keng qatlamlari qamrab olindi. Bundan tashqari, www.strategy.uz veb-saytida alohida sahifa ochilib, so‘rovnomani mobil telefonlar orqali ham to‘ldirish imkoniyati yaratildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda ham aholi takliflari va fikrlari o‘rganildi. Shuningdek, so‘rovnomalar yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalarida, jumladan, maxsus tashkil etilgan Harakatlar strategiyasi xonalarida qabul qilindi.

 O‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari va bildirilgan takliflarni keng jamoatchilikka e’lon qilish maqsadida 26-oktabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida OAV vakillari ishtirokida brifing tashkil etildi. Unda markaz ijrochi direktori Akmal Burxonov va boshqa mas’ul xodimlar so‘rovning o‘tkazilish jarayoni, uning natijalari va aholi tomonidan bildirilgan qiziqarli takliflar haqida ma’lumot berdilar.

So‘rovda qatnashganlarning asosiy qismi 21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardir. Davlat xizmati vakillari (35,7%), jamoat tashkilotlari vakillari (23,4%) va tadbirkorlar (14,3%) nisbatan faol ishtirok etganlar. Umuman olganda, fuqarolar yil davomida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarni ijobiy

baholaganlar. Jumladan, kam ta’minlangan oilalar uchun arzon uy-joylarning qurilishi fuqarolar tomonidan ko‘p qayd etilgan.

So‘rov natijalari aks etgan infografika bilan fotogalereyamizda tanishishingiz mumkin.

Ko'rishlar soni

257