USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Endi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti kimlarga beriladi?

Nashr qilingan sana: 03 02 2018

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti 14 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan iqtidorli qizlarga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bittadan vakilalariga berilgan edi.


Endilikda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafar talabgorga berish belgilandi. 

Yangi tartibga muvofiq, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo'lgan o'quvchilari bakalavriatga, bakalavriat talabalari esa oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga tegishli yo'nalish va ixtisoslik bo'yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmonida keltirilgan. 

Ko'rishlar soni

292