USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Bu kimning tajovuzi?

Nashr qilingan sana: 31 10 2017

O‘tgan juma poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 232-maktabgacha ta’lim muassasasi hududida ter to‘kayotgan ishchilarning qo‘li-qo‘liga tegmayotgan edi. Keyin bilsak, ular bolalar bog‘chasi hovlisining o‘rtasidan panjara-yu devor tortayotgan — avtomobillar uchun turarjoy qurishga kirishgan ekan.

 

Har holda, tuman hokimligi vakili janob Hamidulla Xojimatov shunday izoh berdi. Bolalar bog‘chasi hududida avtostoyanka qurish uchun hokimiyatdan tegishli ruxsatnoma olinganmi, degan savolimiz javobsiz qoldi. Vakil yerga qaradi. Farzandlari ushbu muassasada tarbiyalanuvchi ota-onalar, yaqin atrofdagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi va boshqa maktabgacha ta’lim maskanlari xodimlari ham bu tajovuzdan tamomila hayratda: madomiki, avtomobillarga turarjoy qurish juda lozim bo‘lsa, boshqa joy topilmabdimi? Kim va qaysi qonun, qoidalarga asoslanib necha o‘n yillardan buyon yuzlab bolalar ta’lim-tarbiya olayotgan bolalar bog‘chasini mashinalar g‘ildiraklari ostida toptashga, go‘daklarni achchiq tutunlar girdobida g‘arq qilishga jur’at etdi?..

Bunday ayanchli savollarga javob yo‘q. Huquqiy jamiyat, demokratik davlat barpo etishga bel bog‘lab, xalq bilan muloqotni shior sifatida boshiga ko‘targan mamlakatda, yana uning poytaxtida bunday bepisand ishlarga yo‘l qo‘yilayotgani juda-juda afsuslanarli.

Shanba kuni go‘daklar saratonning jaziramasida dunyoni boshiga ko‘tarib, maza qilib cho‘miladigan hovuzchaning boshiga ketmon tushdi. Bu tajovuz ortida kimlar turibdi?

Rashid Urazayev.

Muallif olgan suratlar.

Ko'rishlar soni

765