USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

5 kun dam olish kuni etib belgilandi

Nashr qilingan sana: 29 12 2017

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 28 dekabrь kuni 2018 yilda dam olish kunlarini tartibga solishga oid PF-5290-sonli Farmonini imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.


Farmonga ko'ra, 2 va 3 yanvarь kunlari dam olish kunlari etib belgilangan.

Shunday qilib,  30 dekabrdan 3 yanvarь kunlari dam olish kuni bo'ladi. Ya`ni, o'zbekistonliklar yangi yilda qatorasiga 5 kun dam olishadi.

Shuningdek,  Farmon bilan 2018 yil uchun qo'shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilandi. Ular:

2 yanvarь – seshanba;

20 mart – seshanba;

31 avgust – juma.

Bundan tashqari, quyidagi dam olish kunlari ko'chirildi:

6 yanvarь shanba kuni — 3 yanvarь chorshanba kuniga;

17 mart shanba kuni — 19 mart dushanba kuniga;

24 mart shanba kuni — 22 mart payshanba kuniga;

25 avgust shanba kuni — 23 avgust payshanba kuniga;

26 avgust yakshanba kuni — 24 avgust juma kuniga;

8 sentyabrь shanba kuni — 3 sentyabrь dushanba kuniga;

15 sentyabrь shanba kuni — 4 sentyabrь seshanba kuniga;

29 dekabrь shanba kuni — 31 dekabrь dushanba kuniga.

Ko'rishlar soni

790