USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

262 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi

Nashr qilingan sana: 07 02 2018

Mamlakatimiz sud tizimida tarixiy o'zgarishlar amalga oshirildi va bu jarayon davom etmoqda.


O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligining bir yilligi munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida bu alohida qayd etildi. 

Sudьyalar oliy kengashi, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Sudьyalar assotsiatsiyasi rahbarlari, sudьyalar, xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, O'zbekiston va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda Harakatlar strategisiyada belgilangan vazifalar ijrosi bo'yicha qilingan va qilinayotgan ishlar bo'yicha fikr almashildi. 

Yurtimizda birinchi marta Oliy sud ma`muriy ishlar bo'yicha sudlov hay`ati va viloyatlar hamda Toshkent shahri, tuman va shaharlarda 207 ma`muriy sud tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga qaratilgan 85 iqtisodiy sud faoliyati yo'lga qo'yildi.

Sud tizimidagi tarixiy o'zgarishlar natijasida o'tgan qisqa vaqtda 262 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

Jinoyat haqida yolg'on xabar va yolg'on guvohlik berganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirilishi xaqida to'xtalib o'tildi. 

Ko'rishlar soni

59