USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

18 mart kuni O'zbekistonda kutiladigan ob-havo ma`lumoti

Nashr qilingan sana: 18 03 2018

O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 18 mart kuni Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +23 ... +25 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +17... +22 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja iliq bo'ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg'ona vodiysi viloyatlarida ham havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo'lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog'li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo'ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +17 ... +22 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Ko'rishlar soni

139