USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

To‘yiga mehmon kelmagan kelin-kuyov olam ahlini larzaga soldi

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

Chin muhabbatga hech bir dovul to‘siq bo‘la olmaydi. Xitoylik bu kelin-kuyov o‘z to‘yiga uch yuzga yaqin mehmon taklif qilgan edi. Ammo mehmonlar tantanaga kelmadi. O‘tgan dam olish kunlari Xitoyning aksariyat viloyatlarida ko‘tarilgan g‘oyat kuchli to‘fon sabab odamlarning uydan chiqishga jur’ati yetmadi. Ammo bu hol kelin Chjou Tyanni qaylig‘ining istiqboliga shodon qadam qo‘yishiga monelik qila olmadi. 


Bayramona bezatilgan to‘yxonada kelinni o‘n nafar eng yaqin qarindoshlar bilan kuyovning o‘zi kutib oldi. Kelin aytdi: 

– Bizni olqishlashi lozim bo‘lgan mehmonlar kelishmapti. Ammo bu nadomatga arzimaydi. Siz ushbu go‘shaga boshdan-oyoq shalobbo bo‘lib kelganingizda ham men faqat sizni derdim. Men uchun sizni baxtli ko‘rmoqdan, sizga sadoqatli umr yo‘ldoshi bo‘lmoqdan ulkan saodat yo‘q!

Chin dildan aytilgan ushbu so‘zlar yig‘ilganlarni hayajonga soldi. Ular mazkur sururli damlar tasvirini ijtimoiy tarmoqlarda ulashishga kirishdi. Internetda haqiqiy shov-shuv ko‘tarildi.

Rostda, bu dunyoning o‘tkinchi hoyu-havaslari, dabdabayu asasalari ikki dilning chin muhabbati oldida nima bo‘pti. 

Ko'rishlar soni

233