USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekistondagi o‘zgarishlar Bosh Assambleyaning rasmiy hujjati sifatida tarqatildi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida Ozbekistonda milliy qonunchilik va xalqaro mehnat andozalariga muvofiq ravishda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlash yuzasidan olib borilayotgan say-harakatlar haqidagi malumotlar Bosh Assambleya 72-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida BMTning olti rasmiy tilida tarqatildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilganidek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda har bir shaxsning mehnat qilish, erkin ish tanlash, adolatli mehnat sharoitlariga ega bo‘lishdan iborat umume’tirof etilgan huquqini amalda ta’minlash uchun shart-sharoit yaratib bergan mustahkam huquqiy zamin shakllantirildi. Xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan mazkur asosiy ijtimoiy huquqlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, milliy qonunchilikda o‘z aksini topdi. Ularda bolalar mehnatidan va majburiy mehnatdan foydalanishga aniq-ravshan ta’qiqlar qo‘yilgan.

Materialda Bolalar va majburiy mehnat masalalari bo‘yicha mamlakatimizda muvofiqlashtiruvchi kengash samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgani ma’lum qilingan. Bu yo‘nalishdagi ishlarning ahvolini monitoring qilish davlat organlari bilan bir qatorda inson huquqlari bo‘yicha fuqarolik va milliy institutlar tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

“Joriy yilda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash ustuvorliklardan biri sifatida belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”dagi katta ishlarning alohida, eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi”, deya ta’kidlanadi mazkur hujjatda.

Ko'rishlar soni

138