USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston The Wall Street Journal nigohida

Nashr qilingan sana: 16 10 2017

The Wall Street Journal Amerikaning ko‘zga ko‘ringan nashrlaridan biri bo‘lib, adadi 1.2 million nusxani tashkil etadi. Uning veb-sayti eng ko‘p obunachisi bo‘lgan portallar beshligiga kiradi. Oylik auditoriyasi 42 million internet-o‘quvchini tashkil etadi. 


So‘nggi paytlarda Amerika nashrlari O‘zbekistonga e’tiborini kuchaytirdi. Misol uchun mamlakatning eng ko‘p o‘qiladigan gazetasi The Wall Street Journal oxirgi oyda ikkinchi marotaba yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maqola chop etdi deb xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

Maqola muallifi nashrning muxbiri Yaroslav Trofimovdir. U chegaralar masalasida tortishuvli, o‘zaro raqobatchi bo‘lgan post-sovet Markaziy Osiyosida bugun hamkorlikning yangi darajasi kuzatilayotganini ta’kidlagan. Ushbu o‘zgarishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, hududdagi boshqa davlatlarga ta’sirchi sifatida Markaziy Osiyo aholisining 45 % ini tashkil etuvchi O‘zbekistonni ko‘rsatib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy faoliyatiga yuqori baho bergan.

Jurnalist Prezidentimizning Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan shunday iqtibos keltiradi: “Markaziy Osiyoning tinchligi va farovonligi bizning asosiy maqsadimiz va vazifamizdir… Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hech istisnosiz barcha masalalar bo‘yicha oqilona murosa asosida hamkorlik qilishga tayyormiz”. O‘zbekiston shaxdam va faol odimlari bilan hududdagi asosiy o‘yinchi ekanligini ta’kidlab, “Markaziy Osiyo davlatlarini iqtisodiy rivojlantirish o‘tmishdan mavjud bo‘lgan ekstremizm va millatlararo nizolarni kamaytirishi mumkin”ligini aytib o‘tadi.

Shuningdek, bir necha hafta oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qo‘shni davlat — Qirg‘izistonga tashrif buyurganini yodga oladi. So‘nggi yillardagi eng yuqori darajadagi tashrif bo‘lgan ushbu uchrashuv natijalari esa imzolangan tarixiy hujjatda namoyon bo‘lib, ikki davlat chegaralari haqida Kelishuvga erishildi. Jurnalist shundan so‘ng boshqa amaliy qadamlar tashlanganini, chegaralardagi holat har ikki davlat o‘rtasidagi mushkul savollardan biri bo‘lib kelganini ta’kidlar ekan, kelishuvning katta yutuq ekanligini yana bir bor qayd etadi.

The Wall Street Journal maqolasida aytilishicha, chegara muammolarining hal etilishi har ikki davlatda yashovchi, yillar davomida ko‘risha olmagan qarindoshlar va do‘stlar uchun quvonarli hol bo‘ldi. Savdo-sotiq sohasida ham sezilarli o‘sishga ta’sir etdi.

Maqolada asosiy e’tibor Tojikiston bilan munosabatlarning ijobiy o‘sishiga ham qaratilgan. Muallif 25 yil ichida birinchi marta Toshkent va Dushanbe o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys qatnovi yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Ko'rishlar soni

165