USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda milliy messenjerni yaratish jarayoni boshlab yuborilgan, deya 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida “O‘zbektelekom” xabar bergan edi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 30-oktabrdan boshlab Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishida doimiy parvozlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini xabar qilgan edi. Qatnov har dushanba kuni, shuningdek, 16-noyabrdan boshlab payshanba kunlari ham “Boeing” hamda “Airbus” samolyotlarida amalga oshiriladi. 
 

23-oktabr kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbariyati Pokiston meva-sabzavot mahsulotlarining import va eskporti savdo assotsiatsiyasi birinchi rais o‘rinbosari Shoayb Ahmad hamda ushbu mamlakat Sitrus mevalari eksporti qo‘mitasi boshlig‘i Sarafraz Xusayn bilan yurtimizda yetishtirilgan mosh, loviya va no‘xat eskporti bo‘yicha muzokara olib borishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-oktabr kuni xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xususiylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini samarali qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Kichik xalqa yo‘li va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishgan joyda qurilgan yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rdi.

2017-yilning o‘tgan 9 oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga o‘sib, 170,074 trln so‘mni tashkil etdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘tgan 2016-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘sish 7,8 foizni tashkil etgan edi.

2007-yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan “O‘zavtosanoat” kompaniyasi va Amerikaning General Motors kompaniyasi o‘zbek avtosanoatini mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga katta hissa qo‘shuvchi GM-O‘zbekiston Alyansini tashkil etish haqida kelishuvga erishdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi o‘zining navbatdagi yig‘ilishida qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz miqdorida qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

24-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekiston Respublikasi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Pages