USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Iqtisodiyot

Xalq orasida Toshkentdagi Sergeli mashina bozori («Iste`molda bo'lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» kompaniyasi) Toshkent viloyatiga ko'chiralayotgani haqida gap so'zlar tarqaldi.

Navro'z bayrami arafasida Samarqand shahriga safar uyushtirgan «Xabar.uz» sayti ijodiy guruhi Prezident tashabbusining yaqqol samarasiga guvoh bo'ldi.

Bugun Toshkent shahrida «LUKOYL»ning birinchi yonilg'i quyish shoxobchasi ochildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Samarqand shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etiladi. O'zbekiston Adliya vazirligining Huquqiy axborot  kanali shunday xabar berdi.

Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to'g'risida nizomga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida ma`lumot berdi.

17 mart kuni O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi jarayonida Markaziy bankning qiymati 50, 100, 200 va 500 so'mlik tangalar chiqarish to'g'risidagi taklifi, ularning namunalari va dizayni ko'rib chiqildi va ma`qullandi, deya xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

MAGATEning Tadqiqot reaktorlari uchun operatsion va xizmat missiyasi (OMARR) O'zbekistondagi yagona WWR-SM tadqiqot reaktori faoliyati bilan tanishdi. Hukumat so'roviga binoan o'tgan haftada o'tkazilgan missiya tadqiqot reaktorida tezkor va texnik xizmatlarni takomillashtirishga qaratilgan edi, deyiladi tashkilot saytida.

Xo'jalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalaridagi Innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi to'g'risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi, deya xabar berdi chorshanba kuni Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali. 

O'zbekiston hukumati Hi-Tech City Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz quriladigan maydonni belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining 5 martdagi qaroriga muvofiq, Amir Temur, Kichik halqa yo'li, Sandiqqo'rg'on va Iftixor ko'chalari o'rtasidagi hududda joylashadi.

Hukumatning 7 martdagi qarori bilan qonunchilikka hunarmandlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan o'zgartirish va ko'shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali orqali ma`lum qilindi.

Pages