USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

YTTB O‘zbekiston kompaniyalari uchun 110 million dollar ajratadi

Nashr qilingan sana: 19 10 2017

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining direktorlar kengashi joriy yilning 18-oktabr kuni O‘zbekistonda ikkita loyihani moliyalashtirishni bir ovozdan ma’qulladi.


Birinchi loyiha doirasida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga 100 mln. dollar miqdoridagi kredit liniyasi taqdim etiladi. Ulardan 70 million dollari kichik va o‘rta biznes uchun, 30 million dollari esa savdoni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu kreditning maqsadi respublikamizning turli hududlaridagi kichik va o‘rta biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ikkinchi loyiha sharbat, sharbat konsentrantlari va sabzavot pastalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Agromir Juice" MChJga 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasini taqdim etiishga qaratilgan. Ushbu mablag‘lar Samarqand viloyatida zamonaviy ombor kompleksi qurilishi uchun sarflanadi.

 

Ko'rishlar soni

306