USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

YTTB birinchi vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Nashr qilingan sana: 04 11 2017

Joriy yilning 7-noyabr kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) birinchi vitse-prezidenti Filip Bennet boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Keng qamrovli tashrif dasturida hukumat, Oliy Majlis Senati, Markaziy bank va boshqa yetakchi moliya muassasalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda kredit kelishuvlarini imzolash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, delegatsiya “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” muvzusidagi xalqaro konferensiyada ham ishtirok etadi.

Ko'rishlar soni

138